Аннотация
Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ijodiy va tanqidiy fikrlash darajasini milliy qadriyatlarga asoslangan matnlar vositasida aniqlash muammosi ko‘rib chiqiladi. Mavjud diagnostika usullarining kichik yoshdagi o‘quvchilarga va milliy ta’lim muhitiga moslik darajasi tahlil qilinadi. Qadriyatli matnga tayangan, tanqidiy fikrlashning to‘rt va ijodiy fikrlashning to‘rt ko‘rsatkichini qamrab oluvchi sakkiz topshiriqli diagnostik vosita, uni baholash tizimi va o‘tkazish tartibi ishlab chiqilgan. Vositaning ishonchliligini ta’minlash yo‘llari muhokama qilinadi.
Ключевые слова
boshlang‘ich ta’lim, milliy qadriyatlar, qadriyatli matn, ijodiy fikrlash, tanqidiy fikrlash, pedagogik diagnostika, diagnostik topshiriq, baholash mezonlari, divergent fikrlash.