ISSN 0000-0000 center@example.uz
PEDAGOGIK KLASTER ŞAROITIDA ÖQUVÇILARDA RAQAMLI MADANIYAT VA MAʼNAVIY-AXLOQIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRIŞ | Dermatovenereology and aesthetic medicine

PEDAGOGIK KLASTER ŞAROITIDA ÖQUVÇILARDA RAQAMLI MADANIYAT VA MAʼNAVIY-AXLOQIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRIŞ

Digital Object Identifier (DOI) https://doi.org/10.67620/yoshlarvailm.0340035
Baynazarova Gulnoza Abduravulovna1
Received Oct 23, 2026
Revised Nov 07, 2026
Published Nov 12, 2026

Abstract

Maktab taʼlimining raqamli transformatsiyasi öquvçilarda nafaqat texnik könikmalarni, balki raqamli madaniyat va maʼnaviy-axloqiy kompetensiyalarni ham rivojlantirişni taqozo etadi. Tadqiqotning maqsadi pedagogik klaster şaroitida uşbu kompetensiyalarni maktab, oila, mahalla va oliy taʼlim muassasalari hamkorligida rivojlantirişning ijtimoiy-pedagogik asoslarini aniqlaş hamda konseptual modelini taklif etişdan iborat. Tadqiqotda normativ-huquqiy hujjatlar tahlili, rasmiy statistik maʼlumotlarni sintez qiliş, ilmiy adabiyotlarni örganiş va konseptual umumlaştiriş usullaridan foydalanildi. Tahlillar 2021–2025-yillarda 10 yoş va undan katta aholi orasida internetdan foydalaniş darajasi 76,6 foizdan 94,2 foizga oşganini körsatdi. Şu bilan birga, maktablarda texnik taʼminot va internetdan foydalaniş imkoniyatlari bilan boğliq muammolar saqlanib qolmoqda. Natijada raqamli tengsizlik masalasi foydalaniş imkoniyatidan foydalaniş sifati va tarbiyaviy mazmuniga köçmoqda. Maqolada makro, mezo va mikro darajalarni qamrab oluvçi, klaster subyektlari vazifalarini belgilovçi muallif konseptual modeli işlab çiqildi. Model empirik sinovdan ötkazilmagan bölib, kelgusidagi amaliy tadqiqotlar uçun nazariy asos sifatida taklif etiladi.

Keywords

pedagogik klaster; raqamli madaniyat; maʼnaviy-axloqiy kompetensiya; uzluksiz maʼnaviy tarbiya; axborot xavfsizligi; maktab-oila-mahalla hamkorligi; raqamli tengsizlik; umumiy örta taʼlim.

How to Cite

APA style
Baynazarova Gulnoza Abduravulovna (2026). PEDAGOGIK KLASTER ŞAROITIDA ÖQUVÇILARDA RAQAMLI MADANIYAT VA MAʼNAVIY-AXLOQIY KOMPETENSIYALARNI RIVOJLANTIRIŞ. *Dermatovenereology and aesthetic medicine*, 3(4), 234-242. https://doi.org/10.67620/yoshlarvailm.0340035