Аннотация
Maktab taʼlimining raqamli transformatsiyasi öquvçilarda nafaqat texnik könikmalarni, balki raqamli madaniyat va maʼnaviy-axloqiy kompetensiyalarni ham rivojlantirişni taqozo etadi. Tadqiqotning maqsadi pedagogik klaster şaroitida uşbu kompetensiyalarni maktab, oila, mahalla va oliy taʼlim muassasalari hamkorligida rivojlantirişning ijtimoiy-pedagogik asoslarini aniqlaş hamda konseptual modelini taklif etişdan iborat. Tadqiqotda normativ-huquqiy hujjatlar tahlili, rasmiy statistik maʼlumotlarni sintez qiliş, ilmiy adabiyotlarni örganiş va konseptual umumlaştiriş usullaridan foydalanildi. Tahlillar 2021–2025-yillarda 10 yoş va undan katta aholi orasida internetdan foydalaniş darajasi 76,6 foizdan 94,2 foizga oşganini körsatdi. Şu bilan birga, maktablarda texnik taʼminot va internetdan foydalaniş imkoniyatlari bilan boğliq muammolar saqlanib qolmoqda. Natijada raqamli tengsizlik masalasi foydalaniş imkoniyatidan foydalaniş sifati va tarbiyaviy mazmuniga köçmoqda. Maqolada makro, mezo va mikro darajalarni qamrab oluvçi, klaster subyektlari vazifalarini belgilovçi muallif konseptual modeli işlab çiqildi. Model empirik sinovdan ötkazilmagan bölib, kelgusidagi amaliy tadqiqotlar uçun nazariy asos sifatida taklif etiladi.
Ключевые слова
pedagogik klaster; raqamli madaniyat; maʼnaviy-axloqiy kompetensiya; uzluksiz maʼnaviy tarbiya; axborot xavfsizligi; maktab-oila-mahalla hamkorligi; raqamli tengsizlik; umumiy örta taʼlim.