ISSN 0000-0000 center@example.uz
Ilmiy-amaliy jurnal

Jurnal haqida

«Yoshlar va ilm-fan» — yosh tadqiqotchilarning fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlari natijalarini nashr etishga ixtisoslashgan, taqrizdan o‘tkaziladigan ko‘p tarmoqli ilmiy nashr. Jurnalda aniq va tabiiy fanlar, texnika va texnologiyalar, ijtimoiy-gumanitar fanlar, iqtisodiyot hamda ta’lim yo‘nalishlaridagi ishlar yoritiladi.

02

Jurnal pasporti

Chop etilish davriyligi Yilda 4 marta
Ilmiy yo‘nalish Ko‘p tarmoqli
OAK maqomi DSc va PhD uchun
Erkin kirish Barcha maqolalar bepul
Tahrirlash tizimi Double-blind peer review
03

Jurnalning maqsadi

Jurnalning asosiy maqsadi — yosh olimlar, doktorantlar, tadqiqotchilar va talabalarning ilmiy-nazariy hamda amaliy tadqiqotlari natijalarini nashr etish va keng jamoatchilikka yetkazish, shuningdek, innovatsion g‘oyalar va ishlanmalarni ta’lim, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarga joriy etishga ko‘maklashishdan iborat.

Jurnal yosh tadqiqotchilarni ilmiy faoliyatga jalb etish, ular va tajribali olimlar o‘rtasidagi ilmiy muloqotni mustahkamlash hamda akademik yozish madaniyatini shakllantirishga xizmat qiladi.

04

Jurnalning asosiy vazifalari

  1. Yosh tadqiqotchilarning dolzarb ilmiy izlanishlari natijalarini nashr etish.
  2. Aniq va tabiiy fanlar, texnika, axborot texnologiyalari, tibbiyot, iqtisodiyot, pedagogika va ijtimoiy-gumanitar yo‘nalishlardagi tadqiqotlarni yoritish.
  3. Startap loyihalari, innovatsion ishlanmalar va ixtirolarni ilmiy jamoatchilikka tanishtirish.
  4. Ilg‘or mahalliy va xorijiy ilmiy tajribani ommalashtirish.
  5. Yosh mualliflarga ilmiy maqola tayyorlash va nashr etish bo‘yicha uslubiy ko‘mak berish.
  6. Mustaqil taqrizlash orqali chop etiladigan materiallarning ilmiy sifatini ta’minlash.
  7. Nashriyot etikasi va akademik halollik tamoyillariga rioya qilish, plagiatning oldini olish.
  8. Ilmiy tadqiqot natijalaridan ta’lim muassasalari va professional hamjamiyatning erkin foydalanishini ta’minlash.
  9. Nashr etilayotgan ishlarning xalqaro miqyosdagi ko‘rinishini oshirish hamda ilmiy ma’lumotlar bazalari bilan hamkorlikni rivojlantirish.