ISSN 0000-0000 center@example.uz
Tez-tez so‘raladigan savollar

Tez-tez so‘raladigan savollar

Tez-tez so‘raladigan savollar haqidagi ma'lumotlar.

01 Maqola yuborish
Maqolangizni "Maqola yuborish" bo‘limi orqali onlayn tizim yordamida yuklashingiz kerak. Fayl .doc yoki .docx formatida bo‘lishi, jurnal talablariga mos rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim. Yuborishdan oldin "Mualliflarga yo‘riqnoma" sahifasi bilan tanishib chiqishni tavsiya qilamiz.
Maqola original bo‘lishi, ilgari boshqa jurnalda nashr etilmagan bo‘lishi, jurnalning ilm-fan va yoshlar tadqiqotlari yo‘nalishiga mos kelishi hamda uslubiy talablarga (hajm, adabiyotlar ro‘yxati, referat) javob berishi shart. O‘xshashlik darajasi belgilangan me’yordan oshmasligi kerak.
To‘lov shartlari qabul qilingan maqola turi va hajmiga qarab farqlanishi mumkin. Aniq tarif haqida "Aloqa" bo‘limi orqali tahririyat bilan bog‘lanib bilib olishingiz mumkin.
02 Umumiy savollar
Jurnal maqolalarni o‘zbek, rus, ingliz va qoraqalpoq tillarida qabul qiladi.
Maqolani jurnalning rasmiy saytida mavjud elektron qo‘lyozma topshirish tizimi orqali yoki tahririyatning elektron pochtasi orqali yuborish mumkin.
Yo‘q. Qo‘lyozma faqat elektron formatda qabul qilinadi.
Minimal originallik ko‘rsatkichi 80% ni tashkil etadi, ya’ni o‘xshashlik darajasi 20% dan oshmasligi lozim. Tekshiruv jurnal tomonidan tan olingan antiplagiat tizimlari yordamida amalga oshiriladi.
Ha. Ilmiy maqolalar ikki tomonlama yashirin taqriz (double-blind peer review) orqali, kamida ikki mustaqil ekspert ishtirokida ko‘rib chiqiladi.
Yo‘q. Jurnalda ko‘rib chiqilayotgan maqola boshqa ilmiy nashrda bir vaqtda ko‘rib chiqilmasligi kerak.
Jurnal yiliga 4 marta chiqadi.
Ha. Nashr etilgan maqolalarga Crossref orqali DOI (Digital Object Identifier) beriladi.
Ha. Jurnal Open Access siyosatiga rioya qiladi. Materiallar CC BY 4.0 litsenziyasi shartlari asosida nashr etiladi.
Ha. Muallif nashr etilgan ish bo‘yicha mualliflik huquqini saqlab qoladi.
Ha. Dastlabki tekshiruv yoki ilmiy taqriz natijalari bo‘yicha tahririyat muallifga kerakli o‘zgartirishlar uchun izohlar va tavsiyalar yuborishi mumkin.
Yo‘q. Ko‘rib chiqishga faqat boshqa nashrlarda ilgari nashr etilmagan original qo‘lyozmalar qabul qilinadi.
03 Ko‘rib chiqish jarayoni
Qabul qilingan maqola odatda 2–4 hafta ichida ikki mustaqil taqrizchi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Murakkab yoki qo‘shimcha ma’lumot talab qiluvchi holatlarda muddat uzayishi mumkin.
Ha. Taqrizchilar izohlari asosida qayta ishlangan maqolani belgilangan muddat ichida qayta yuborishingiz mumkin. Rad etish sabablari elektron pochta orqali muallifga yuboriladi.
Shaxsiy kabinetingizga kirib, yuborilgan maqolangiz statusini ("Ko‘rib chiqilmoqda", "Taqrizda", "Qabul qilindi" va h.k.) istalgan vaqtda kuzatishingiz mumkin.
04 Jurnal va indeksatsiya
Jurnal bir qator xalqaro va milliy ilmiy bazalarda indekslanadi. To‘liq ro‘yxatni bosh sahifadagi "Indeksatsiya" bo‘limida ko‘rishingiz mumkin.
Jurnal belgilangan jadval asosida muntazam ravishda nashr etiladi. Navbatdagi son sanalari "Sonlar" bo‘limida e’lon qilinadi.
Har bir maqola sahifasida DOI raqami va tavsiya etilgan sitata (citation) formati ko‘rsatilgan bo‘lib, undan foydalanishingiz mumkin.