ISSN 0000-0000 center@example.uz
Taqrizlash siyosati

Taqrizlash siyosati

Taqrizlash siyosati haqidagi ma'lumotlar.

21 kun O‘rtacha taqriz muddati
2 Mustaqil retsenzent
38% Qabul qilish darajasi
Double-blind Taqriz turi
Metodologiya

Qanday taqriz usuli qo‘llaniladi

Jurnal xolislikni ta’minlash uchun quyidagi ikki usuldan birini asosiy deb belgilaydi.

Standart usul

Ikki tomonlama ko‘r taqriz (Double-blind)

Muallif va retsenzent bir-birining shaxsini bilmaydi. Qo‘lyozma retsenzentga muallif ma’lumotlarisiz yuboriladi, bu esa baholashning xolis bo‘lishini ta’minlaydi. Jurnalning barcha original maqolalari shu usul orqali ko‘rib chiqiladi.

Ochiq taqriz (Open review)

Muharrir qarori bilan, muallif roziligiga asosan alohida holatlarda (masalan, taklif etilgan sharh maqolalari uchun) retsenzent va muallif ma’lumotlari ochiq holda almashinishi mumkin.

Jarayon

Taqriz bosqichlari

Qo‘lyozma yuborilgan kundan boshlab nashr etilguncha bosib o‘tadigan yo‘l.

  • Dastlabki texnik tekshiruv

    Qo‘lyozma rasmiylashtirish talablariga muvofiqligi va antiplagiat tizimidan o‘tkaziladi.

  • Mas’ul muharrir tayinlanadi

    Mavzuga mos yo‘nalish muharriri qo‘lyozmani birlamchi baholaydi.

  • Retsenzentlarga yuboriladi

    Kamida ikki mustaqil mutaxassisga double-blind tartibida taqdim etiladi.

  • Retsenziya jarayoni

    Retsenzentlar ilmiy sifat, metodologiya va originallikni baholab, xulosa yozadi.

  • Muharrir qarori

    Retsenziyalar asosida muharrir yakuniy qarorni shakllantiradi.

  • Muallifga xabar va nashr

    Qaror va izohlar muallifga yuboriladi; qabul qilingan maqola navbatdagi songa qo‘shiladi.

Natija

Mumkin bo‘lgan qaror turlari

Retsenziya yakunida muharrir uchta qarordan birini qabul qiladi.

Qabul qilindi Accept

Qo‘lyozma o‘zgarishlarsiz yoki texnik tahrir bilan nashrga tayyorlanadi.

Tuzatish talab etiladi Revise

Muallifdan kichik yoki katta hajmdagi tuzatishlar so‘raladi va qayta ko‘rib chiqiladi.

Rad etildi Reject

Ilmiy sifat yoki mavzu jurnal profiliga mos kelmagani sababli qabul qilinmaydi.

Mezonlar

Retsenzent nimalarga e’tibor beradi

Har bir qo‘lyozma quyidagi asosiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha baholanadi.

1

Originallik

Ilmiy yangilik va mavjud tadqiqotlardan farqi

2

Metodologiya

Tadqiqot dizayni va statistik tahlil to‘g‘riligi

3

Amaliy ahamiyat

Amaliyotga tatbiq etilishi mumkinligi

4

Adabiyotlar bilan ishlash

Manbalarning dolzarbligi va yetarliligi

5

Taqdimot sifati

Til, tuzilma va jadval/rasm sifatining aniqligi

6

Axloqiy muvofiqlik

Plagiat yo'qligi va (agar tegishli bo'lsa) ishtirokchilar roziligi hujjatlari

Maxfiylik

Ko‘rib chiqilayotgan qo‘lyozma matni va retsenziya natijalari faqat muharririyat va tayinlangan retsenzentlarga ma’lum bo‘ladi. Uchinchi shaxslarga muallif roziligisiz oshkor etilmaydi.

Qarorga e’tiroz

Qaror bilan rozi bo‘lmagan muallif asoslangan javob xatini tahririyatga yuborishi mumkin — ariza mustaqil muharrir tomonidan qayta ko‘rib chiqiladi.