Annotatsiya
Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining ongli o‘qish ko‘nikmalarini baholashga mo‘ljallangan, xalqaro EGRA metodologiyasi asosida o‘zbek tili uchun ishlab chiqilgan EGRA-U diagnostik vositasi tavsiflanadi. Ongli o‘qishni baholashning texnik, mazmuniy, lingvistik va motivatsion mezonlari hamda o‘n ikki ko‘rsatkichdan iborat tizimi, tushunishning to‘rt darajasi, to‘rt parallel variantli topshiriqlar bankining tuzilishi, tinglab tushunish subtestining diagnostik vazifasi, integral ko‘rsatkich va daraja chegaralari asoslanadi. Pilot sinov ma’lumotlari asosida vositaning ichki izchilligi va baholovchilar kelishuvi keltiriladi. Vosita o‘qituvchiga o‘quvchining o‘qishdagi qiyinchiligi sababini aniqlash va shu asosda ish yo‘nalishini tanlash imkonini beradi.
Kalit so'zlar
ongli o‘qish, boshlang‘ich ta’lim, EGRA, EGRA-U, diagnostika, baholash mezonlari, tushunish darajalari, parallel variantlar, ishonchlilik.