Annotatsiya
Maqolada bölajak pedagoglarda forsayt kompetensiyasini rivojlantirişning nazariy-metodologik asoslari körib çiqilgan. Tadqiqotning maqsadi kompetensiyaning ilmiy mohiyatini aniqlaştiriş, uning tarkibiy-funksional modeli va rivojlaniş darajalarini asoslaş hamda şakllantirişning pedagogik şartlarini belgilaşdan iborat. Işda meʼyoriy-huquqiy hujjatlarning kontent-tahlili, 2020-2025-yillarda naşr etilgan xorijiy, MDH va özbek manbalarining qiyosiy tahlili, nazariy umumlaştiriş, modellaştiriş hamda çeklangan sondagi öquv guruhlarida pedagogik kuzatiş usullaridan foydalanildi. Forsayt kompetensiyasining mualliflik taʼrifi taklif etildi, uni pedagogik prognozlaşdan farqlovçi mezonlar aniqlandi. Beş komponentli (kognitiv, prognostikanalitik, operatsion-faoliyat, motivatsion-aksiologik, refleksiv) tarkibiy-funksional model va uç bosqiçli (reproduktiv-başorat, taktik-moslaşuvçan, strategik-kreativ) rivojlaniş iyerarxiyasi işlab çiqildi. Dastlabki kuzatişlarda talabalarning joriy vazifalarga yönaltirilgan fikrlaşi istiqbolli fikrlaşdan ustun ekani, forsayt usullarini amalda qöllaş könikmasi esa eng kam şakllanganligi aniqlandi; bu xulosalar keyingi bosqiçda empirik tekşiruvni talab qiladi. Pedagogik taʼlim innovatsion klasteri kompetensiyani rivojlantiriş uçun mos taşkiliy-metodologik muhit sifatida asoslandi.
Kalit so'zlar
forsayt kompetensiyasi, bölajak pedagog, prognostik tafakkur, ssenariyli fikrlaş, strategik loyihalaş, pedagogik taʼlim klasteri, kelajak savodxonligi, refleksiv faoliyat.