Annotatsiya
Maqolada umumiy örta taʼlim muassasalari öquvçilarida ijtimoiy masʼuliyatni oila, maktab va mahalla hamkorligida rivojlantirişning pedagogik şartşaroitlari aniqlangan va nazariy jihatdan asoslangan. Tadqiqot nazariy-tahliliy xarakterga ega bölib, unda pedagogik va psixologik adabiyotlar, Özbekiston Respublikasining amaldagi meʼyoriy-huquqiy hujjatlari, xalqaro meta-tahlillar natijalari hamda rasmiy taʼlim statistikasi tizimli, faoliyatli va kompetensiyaviy yondaşuvlar asosida tahlil qilindi. Natijada özaro boğliq tört pedagogik şart ajratildi: taşkiliy-boşqaruv, mazmuniymetodik, psixologik-pedagogik va kommunikativ-maʼrifiy şartlar. Ularning har biri uçun tarkibiy qismlar, masʼul subyektlar va bajarilganlik körsatkiçlari belgilandi,
şart-şaroitlarni amalga oşirişning ustuvor prinsiplari va tört bosqiçli ketma-ketligi taklif etildi. Şartlarning har biri ijtimoiy masʼuliyatli faoliyatning intellektual, motivatsion, emotsional, irodaviy va öz-özini boşqariş funksiyalaridan bir yoki bir neçtasini taʼminlaşi körsatib berildi.
Kalit so'zlar
ijtimoiy masʼuliyat; pedagogik şart-şaroitlar; oila-maktab-mahalla hamkorligi; ijtimoiy foydali faoliyat; refleksiya; “Mahalla yettiligi”.